Oliy ta’limga xalqaro e’tirof
Farg‘ona davlat universiteti bir qator xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritib, mamlakat oliy o‘quv yurtlari ichida peshqadamlardan biriga aylangani haqida xabar bergan edik. Endi Farg‘ona davlat texnika universiteti ham shu kabi natijalarni qayd etdi.
Oliy o‘quv yurtining 4 ta ta’lim dasturi Yevropa Ittifoqining eng nufuzli xalqaro tashkilotlaridan biri ASIIN tomonidan akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Universitetda oliy ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar natijasida qurilish muhandisligi, geodeziya va geoinformatika, muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va ekspluatatsiyasi, arxitektura yo‘nalishlari xalqaro baholashdan muvaffaqiyatli o‘tdi:
Shu bilan birga, universitet Buyuk Britaniyaning nufuzli QAA tashkiloti tomonidan institutsional akkreditatsiyadan o‘tish jarayonini ham izchil davom ettirmoqda. Hozirga qadar ushbu jarayonning ikki bosqichi muvaffaqiyatli yakunlangan bo‘lib, ayni paytda uchinchi bosqich amalga oshirilmoqda.
Muhammadjon Obidov, O‘zA