Olis qishloqlarda yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda
Oʻtgan yil oxirida 300 oʻringa moʻljallangan tikuvchilik fabrikasining foydalanishga topshirilishi qishloq ayollari uchun ayni muddao boʻldi.
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi “Sharq Yulduzi” mahalla fuqarolar yigʻiniga qarashli Rus, Temirchi qishloqlaridagi 1 ming 239 oilada 4 ming 613 aholi istiqomat qiladi. Shu kunga qadar ushbu qishloqlarda yashayotgan 2 mingdan ortiq xotin-qizning koʻpchiligi ishsiz edi.
Oʻtgan yil oxirida 300 oʻringa moʻljallangan tikuvchilik fabrikasining foydalanishga topshirilishi qishloq ayollari uchun ayni muddao boʻldi.
– Qishlogʻimizda mana shunday zamonaviy tikuvchilik fabrikasining ochilganidan nihoyatda quvondik, – dedi Lola Eshboyeva. – Tikuvchilikka juda qiziqaman. Shu paytga qadar buyurtma asosida uyda oddiy tikuv mashinasida ishlardik. Endi zamonaviy uskunalarda mehnat qilayapmiz. Eng muhimi qishlogʻimizning oʻzida ish bilan taʼminlandik.
Mazkur korxona davlatimiz rahbarining yuqorida keltirilgan qarori asosida “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ajratilgan 1 milliard 900 million soʻm mablagʻ evaziga barpo etilgan.
Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar toʻliq eksportga yoʻnaltirilgan. Xususan, joriy yilning oʻzida Rossiya Federatsiyasi bilan 600 ming dollarlik mahsulot eksporti boʻyicha kelishuvga erishilgan. Korxona yiliga 4 million dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Kelajakda mahsulot turini koʻpaytirish hisobiga faoliyatni kengaytirish maqsad qilingan. Hozirda fabrikada 150 xotin-qiz ish bilan taʼminlangan. Yil oxiriga qadar ishchilar sonini 300 nafarga yetkazish moʻljallanayotir.
Faoliyat boshlaganiga endi bir oydan oshgan korxonaning ishchilari uchun barcha sharoit yaratilgan. Tashkilotchilarning taʼkidlashicha, ishga qabul qilinishidan oldin 200 xotin-qiz 2 oy davomida tajribali mutaxassislar tomonidan bepul oʻqitilgan va ularning har biriga 202 ming soʻmdan stipendiya ham toʻlangan. Ishchilar ularning orasidan tanlab olingan.
Olis hududlarda tashkil etilayotgan bu kabi yengil sanoat korxonalari yurtimizning eksport salohiyatini oshirish bilan birgalikda koʻplab ish oʻrinlari yaratilishi bilan ahamiyatlidir.