Olis hudud aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi (+video)
Mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish va ular o‘rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish, bemorlar dardiga malham bo‘lib, yurtdoshlarimizning jamiyatdagi qadrini ulug‘lashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz harbiy gospitali malakali shifokorlari tomonidan bevosita hududlarda tashkil etilayotgan sayyor tibbiy qabullar va profilaktik hamda madaniy-hordiq tadbirlari ham aholi salomatligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan.
Jarayonda sog‘ligidan shikoyat qilayotgan yurtdoshlarimiz joyida bepul sifatli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, tibbiy yordamga muhtojligi darajasi asosida ularni Toshkent shahri, viloyat va tumanda davolash choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, yuqori tibbiy amaliyot talab etiladigan murojaatchilarga shu yerning o‘zida order rasmiylashtirib berilmoqda.
Viloyat markazidan olis bo‘lgan Sariosiyo tumanidagi “Shohqishloq” MFYda ana shunday sayyor tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
[gallery-24664]
Aholi Termiz harbiy gospitalining jarroh, terapevt, nevropatolog, oftalmolog, ginekolog, otolaringolog, stomatolog, UTT shifokorlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ushbu sayyor tibbiy qabul jarayonida jami 330 nafar fuqaro, jumladan 28 nafar voyaga yetmagan bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, bemorlarga davolash va kasalliklar profilaktikasi yuzasidan tegishli maslahatlar berildi. Shundan so‘ng sayyor profilaktik tadbirda aholi muammolari o‘rganilib, shu yerning o‘zida aholini qiynab kelayotgan bir qancha muammo rahbarlar tomonidan hal qilindi.
Xayraobod garnizoni faxriy qorovul va harbiy orkestorning chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/EvYWe5RQIz0" title="Olis hudud aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (video, surat), O‘zA