Olimpiadada smartfonlardan foydalanmaslikka chaqirildi
AQSH olimpiya qo‘mitasi Pekinda o‘tadigan qishki olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan amerikalik sportchilarga Xitoyga yo‘l olishda o‘z smartfonlarini uylarida qoldirishni tavsiya etmoqda.
Bu haqda “Wall Street Journal” nashri xabar tarqatdi.
Nashrning xabariga ko‘ra, Xitoyda bo‘ladigan qishki o‘yinlar mobaynida Pekin-2022 tashkiliy qo‘mitasi mamlakat bo‘ylab “My2022” dasturini joriy etiladi. Bu esa qimmatbaho teledastur va qurilmalarning buzilishiga olib keladi. Shu boisdan, qishki o‘yinlarda qatnashadigan AQSH sportchilari o‘yinlar jarayonida bir martalik oddiy telefon apparatlaridan foydalanishga chaqirilgan.
Xuddu shunday murojaat bilan Buyuk Britaniya, Kanada va Norvegiya davlatlari ham o‘z sportchilariga yuzlangan.
Eslatib o‘tamiz, qishki olimpiya o‘yinlari joriy yilning 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
O‘zA