Olga Zabelinskaya Turkiyada sovrindor bo‘ldi
Turkiyaning Alanya shahrida professional jamoalar bilan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan milliy terma jamoamiz ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan navbatdagi velosport musobaqasida qatnashdi.
Mazkur musobaqada Yevropa va Osiyoning ko‘zga ko‘ringan davlatlaridan 100 nafarga yaqin mahoratli sportchi ishtirok etdi.
67,6 km masofaga o‘tgan bahsda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya marra chizig‘ini 02:15:57 vaqtda kesib o‘tib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.



O‘zA