Oksana Chusovitina yana shohsupada
Turkiyaning Antaliya shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tkazilgan “World Challenge Cup”ning navbatdagi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Oksana musobaqaning sevimli tayanib sakrash dasturida shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan munosib joy oldi va kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu bahslarda Tyasa Kisselef (Sloveniya) oltin, Greta Mayer (Vengriya) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Mersin shahrida 2023-yili sentyabr oyida o‘tgan “World Challenge Cup” musobaqasida Oksana Chusovitina oltin medalga ega chiqqan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA