OITS va OIV bo‘yicha vaziyat qanday? (+video)
Bugun 1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan BMT hamda Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonalari rahbarlari, OITSga qarshi kurashish markazi, Sanepidqo‘mita vakillari hamda OAV xodimlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasida OITS va OIV bo‘yicha epidemik vaziyat yuzasidan ma’lumot berildi. Qayd etilishicha, bugungi kunda 48 mingdan ko‘proq OIV infeksiyasi aniqlangan fuqarolar biz bilan birga yashashmoqda. E’tiborlisi, bu oxirgi ikki yil davomida emas, ilk marotaba 1986-1987 yildan boshlab qayd etilib, bugungacha yig‘ilgan raqamlardan iborat ko‘rsatkich hisoblanadi. Shuningdek, OIV inseksiyasi aniqlangan ayollar 46 % ni, erkaklar 54 % ni tashkil etmoqda. Hududlar kesimida esa OIV infeksiyasi aniqlanganlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri, Toshkent viloyati hamda Samarqand viloyatida qayd etilgan.
Batafsil videoda:
<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/bTPO1VKRWxw" title="OITS va OIV bo‘yicha vaziyat qanday?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov (video), O‘zA