O‘FA jamoasi “Hukumat kubogi-2024” g‘olibi
Poytaxtimizdagi «JAR» sport-sog‘lomlashtirish majmuasi stadionida “Hukumat kubogi-2024” musobaqasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Final bellashuvida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Sport vazirligi jamoalari to‘qnash keldilar. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan uchrashuvda 1:0 hisobi qayd etildi. G‘alaba goliga O‘FA hujumchisi Shukur Ashirov mualliflik qildi.
2-o‘rin Sport vazirligi jamoasiga nasib etdi. 3-o‘rinni esa Iqtisodiyot va moliya vazirligi futbolchilari egalladi.
[gallery-20279]
Final bellashuvi nihoyasiga yetgach, «Hukumat kubogi-2024» turniri g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Sport vazirligi, futbol assotsiatsiyasi rahbariyati hamda turnir mas’ullari ishtirok etdi.
G‘olib va sovrindorlar ta’sischilar tomonidan tashkil etilgan kubok, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA