OAV: KXDRdagi yadro poligonida AQSh tekshiruv o‘tkazadi. Bunga Kim Chen In rozi
Avvalroq rasmiy Pxenyan raketa-yadroviy sinovlardan voz kechgani haqida ma’lum qilgandi.
Avvalroq rasmiy Pxenyan raketa-yadroviy sinovlardan voz kechgani haqida ma’lum qilgandi.TASSning “Bloomberg” agentligi tarqatgan xabarga asoslanib yozishicha, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In mamlakatdagi yadroviy poligonda AQSh tomonidan tekshiruv o‘tkazilishiga rozilik bergan.
Qayd qilinishicha, Kim Chen In AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Maykl Pompeo bilan bo‘lgan uchrashuvda mamlakatdagi yadro poligonida tekshiruv o‘tkazilishiga rozilik berib, Shimol xavfsizligi kafolatlanadigan bo‘lsa, poligon ishini muzlatmaslikka hech nima sabab bo‘la olmasligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 aprelida Kim Chen In Koreya mehnat partiyasi sessiyasida KXDR raketa-yadroviy sinovlaridan voz kechganligi, Pungeridagi yadro poligoni o‘z ishini to‘xtatishi va mamlakat global yadroqurolsizlanish jarayoniga qo‘shilishini ma’lum qilgandi.