OAV: Ilon Mask yarim davlatini yo‘qotdi
Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask dunyoda 200 milliard dollarini yo‘qotgan dunyodagi ilk milliarder bo‘ldi, deb yozmoqda Bloomberg agentligi.
"51 yoshli Maskning davlati yaqinda Tesla aksiyalari qiymati tushib ketganidan keyin kutilmaganda 137 milliard dollarga tushib ketdi. Bloomberg milliarderlar indeksi bo‘yicha esa, o‘tgan seshanba kuni aksiyalar narxi yana 11 foizga pastlagan. Uning boyligi 2021 yil 4 dekabrda eng yuqori darajaga, ya’ni 340 milliard dollarga chiqqan edi", — deb yozadi agentlik.
Oktyabr oxirida Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘ini 44 milliard dollarga sotib oldi.