OAV: Hindiston Pokistonni ogohlantirmoqda
TASSning xabar berishicha, Hindiston Pokistondan zudlik bilan Kashmir hududida kamida to‘rtta tinch aholi vakilining o‘limiga sabab bo‘lgan otishmalarni to‘xtatishni talab etmoqda.
TASSning xabar berishicha, Hindiston Pokistondan zudlik bilan Kashmir hududida kamida to‘rtta tinch aholi vakilining o‘limiga sabab bo‘lgan otishmalarni to‘xtatishni talab etmoqda. NDTV telekanalining xabar berishicha, Hindiston Pokistonni otishmalar va asossiz mish-mishlarni davom ettirish “qo‘rqinchli” oqibatga olib kelishi haqida ogohlantirgan.
Ikki mamlakat harbiy qo‘shinlari vakillarining ushbu masalalarni muhokama qilish jarayonida hind tomoni chegara hududida tinch aholini o‘qqa tutmaslikni talab qilgan. Ilgari Hindiston bir necha marta Pokistonni Kashmirda artilleriya va minometlardan foydalangan holda o‘t ochganlikda ayblagan edi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi haftada tinch aholidan kamida to‘rt kishi vafot etgan. Bunga javoban Islomobod Hindistonni chegara hududida asossiz otishmalarni amalga oshirganlikda ayblagan.
NDTV ma’lumotlariga ko‘ri Pokiston chegara hududiga qo‘shimcha harbiy kuch va jangovar texnikalarni joylashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 fevral kuni bir xudkushning harbiylashtirilgan hind politsiyasi yaqinida o‘zini portlatganidan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi azaliy murosasizlikka cho‘g‘ tashlandi. Portlash natijasida 45 kishi vafot etdi. Pokiston armiyasi Kashmir hududida havo kengliklarini buzgani uchun Hindistonning ikki harbiy samolyotini urib tushirdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi ziddiyat hanuzgacha davom etmoqda.