O‘zbekistonning eng kuchli atletlari saralandi
Poytaxtimizda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan mamlakat chempionatida g‘oliblar aniqlandi.
Poytaxtimizda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan mamlakat chempionatida g‘oliblar aniqlandi.Turli masofalarga yugurish bahslarida Sunnat Ismoilov, Ulug‘bek Murtazoyev, Murod Magomedrasulov, Yevgeniy Fadeyev, Roman Shtukan, Liliya Manasipova, Kamilla Mirsoliyeva, Gulhayo Rahimova, Zulfizar Abdullayeva, Sabina Talacheva, Husnida Ahmedova marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi. 60 metrga to‘siqlar osha yugurishda Anvar Safarov va Natalya Asanova birinchi o‘rinni egalladi.
Uzunlikka, balandlikka va uch hatlab sakrashda Nikita Loginov, Temur Rahmatullayev, Ruslan Qurbonov, Irina Belova, Aleksandra Yurkevskaya shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Qizlar o‘rtasidagi beshkurash bahslarida Yelezaveta Shus, o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yettikurashda Aziz Seytojiyev mamlakatimiz chempionligini qo‘lga kiritdi. Yadro uloqtirishda Ruslan Qurbonov va Irina Belova oltin medalga sazovor bo‘ldi.