O‘zbekistonning eng keksa odami saylovda ovoz berdi
Saylovlarda yuz va yuz yoshdan oshgan tabarruk insonlar ham ovoz bermoqda.Farg‘ona viloyatida 90 nafarga yaqin yuz yoshdan oshgan otaxon va onaxon istiqomat qiladi. Shulardan biri Huvaydo momo Umarova Buvayda tumanida yashaydi.

958-saylov uchastkasidan saylovda qatnashgan 124 yoshli Huvaydo momo Umarova mamlakat kelajagiga befarq emas. U saylovda birinchilardan bo‘lib o‘zi tanlagan nomzodga ovoz berdi.
Saylov uchastkalarida nogironlarga, yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlarga barcha sharoitlar yaratilgan. Uchastka saylov komissiyasining a’zolari onaxonning xonadoniga borishib, u kishining saylash huquqini amalga oshirishga yordam berdi.
Huvaydo momo duoga qo‘l ochar ekan, yurtimiz tinchligini, osmonimiz musaffoligini, barcha ezgu ishlar boshida turgan Prezidentimizning sog‘-salomat bo‘lishini ollohdan so‘radi.