Oʻzbekistonda xotin-qizlar roli ortmoqda
Ayni vaqtda mamlakatimizning barcha joylarida ovoz berish ishlari davom etmoqda. OʻzA muxbiri Fargʻona viloyatida saylov jarayonini kuzatayotgan xalqaro kuzatuvchilar bilan suhbatda boʻldi.
Ayni vaqtda mamlakatimizning barcha joylarida ovoz berish ishlari davom etmoqda. OʻzA muxbiri Fargʻona viloyatida saylov jarayonini kuzatayotgan xalqaro kuzatuvchilar bilan suhbatda boʻldi.
Bulat Xisamutdinov, SHHT eksperti (Xitoy):
- Biz sinchkovlik bilan saylovga boʻlgan tayyorgarliklarni kuzatib bordik. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari sohasida jiddiy oʻzgarishlar yuz bergan. Birinchi navbatda, saylovlarni boshqarish axborot tizimi yaratilib, saylovchilarning elektron roʻyxati shakllantirilgani tahsinga loyiq. Bu bilan saylovlarni muvaffaqiyatli, har tomonlama va katta masshtabda, barcha fuqarolarni qamrab olgan holda oʻtkazish mumkin. Shuningdek, koʻp oʻzbeklar yashaydigan Rossiya, Xitoy davlatlarida ham. Aytib oʻtish joizki, Oʻzbekistonda ayollarning jamiyat boshqaruvida roli yanada oshirilmoqda.Oddiy va parlament hayotida ham.Saylov Kodeksida ayollarning soni siyosiy partiya tomonidan koʻrsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida oʻttiz foizini tashkil etishi kerakligi belgilab qoʻyilgani eʼtiborga molik.
Saylovlar ochiq va oshkora boʻlib oʻtmoqda. 5 ta partiya nomzod koʻrsatgan boʻlib, bu raqobat boʻyicha normativ sanaladi. Saylovga kelgan fuqarolar oʻzi istagan partiyani va nomzodni tanlashi mumkin. Fargʻona viloyatidagi Qoʻqon, Margʻilon shaharlari va Toshloq tumanidagi jarayonni kuzatdik.
Oʻzbekiston men uchun juda ham qadrdon yurt. Mamlakatingizda barcha sohalarda katta oʻzgarishlar, bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Oʻzbekistondagi barqarorlikdan, tinch va osoyishta hayotdan faxrlansa arziydi.
Fernando Manuyel (Ispaniya):
- Oʻzbekistondagi kechayotgan har bir jarayonni doimo kuzatib boraman. Mamlakatingizda saylov tizimi yildan-yilga takomillashib, demokratik talablar asosida oʻtkazilmoqda.
Bugun oʻtayotgan parlamentning Qonunchilik palatasiga va mahalliy kengashlarga saylovlar ham jiddiy tayyorgarlik asosida tashkil etilganligini koʻrdim. Saylov va nomzodlarning tarjimayi hollari, dasturlari haqidagi rang barang plakat va shiorlarga koʻzim tushdi. Ommaviy axborot vositalarida ham saylov jarayoni, nomzodlar oʻrtasidagi sogʻlom raqobat keng va teng yoritilishi taʼminlangan.
Bularning barchasi saylovda ochiqlikni, oshkoralikni, tarnsprayentlikni va nomzodlar oʻrtasidagi tenglikni toʻla taʼminlaydi, deyish uchun toʻla asos bor. Men bir qator saylov uchastkalarda boʻlib, fuqarolarning faolligini guvohi boʻldim.
