O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida
2018-yil 24-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdo‘g‘onni Turkiya Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan samimiy tabriklab, faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Xalqlarimizning ko‘p asrlik do‘stligi va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari bugungi kunda yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan alohida qayd etildi.
Davlat rahbarlari, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli va ko‘p qirrali hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Muloqot so‘nggida Prezidentlar barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirishga tayyor ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.