O‘zbekiston –Turkiya yoshlari tajriba almashdi
TIKA amalga oshirayotgan “Tajriba almashinuvi dasturi” doirasida Turkiyaning yetakchi universitetlarida ta’lim olayotgan bir guruh yosh talabalar O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
TIKA amalga oshirayotgan “Tajriba almashinuvi dasturi” doirasida Turkiyaning yetakchi universitetlarida ta’lim olayotgan bir guruh yosh talabalar O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ular yurtimiz madaniyati, milliy an’analarimiz, yurtimiz yoshlari va ularning faoliyati, jumladan, qishloq xo‘jaligi bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab, Samarqand viloyatining Samarqand tumanida yosh fermerlar o‘rtasida tajriba almashish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikkala davlatning qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan so‘nggi innovatsion loyihalari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Ikki davlat yoshlari birgalikda olma va uzum mevalari hosilini yig‘ib olishda qatnashdi.

Turkiyalik talabalar Buxoro viloyatiga ham bordi. Buxoro tumanida joylashgan “Property agro logistika” markazida o‘tkazilgan uchrashuvda turkiyalik talabalar va yosh fermerlar qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklarni baham ko‘rishdi. “Property agro logistika” markazining rahbari E.Qo‘shaev urug‘likka yetishtirilayotgan bodring ko‘chatlarini to‘g‘ri ekish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazdi.
—Markazimiz yer maydoni 40 gektar bo‘lib,10 dan ortiq ekin turlari yetishtirilmoqda, –– deydi “Property agro logistika” markazining rahbari Ergash Qo‘shaev.– Yetishtirilgan hosilni o‘zimiz qayta ishlab, 15 ta yangi turdagi muzlatgichlarga joylashtiramiz. Keyin izchilik bilan bozorlarga yetkazib beramiz.