O‘zbekiston “F” guruhida o‘ynaydi
Joriy yilning 30-may – 20-iyun kunlari Yangi Zelandiyada o‘tadigan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qur’a tashlandi.
Joriy yilning 30-may – 20-iyun kunlari Yangi Zelandiyada o‘tadigan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qur’a tashlandi.
Unga ko‘ra, 2014-yili Myanmada o‘tkazilgan Osiyo chempionatida kuchli to‘rtlikdan joy olgan terma jamoamiz “F” guruhida Germaniya, Fiji va Gonduras yoshlar terma jamoalari bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi guruhdagi dastlabki ikki uchrashuvini Kraystcherch shahrida o‘tkazadi. 1-iyun kuni Gonduras, 4-iyun kuni esa Germaniya futbolchilariga qarshi maydonga tushadi. Ravshan Haydarov shogirdlari 7-iyunda Fangarei shahrida o‘tkaziladigan guruhdagi so‘nggi uchrashuvda Fiji terma jamoasi bilan kuch sinashadi.