Oʻzbek shoirasining kitobi Angliyada chop etildi
Toʻplamning har bir satri tashbehlarga burkangan, tabiat mavzusi esa butun kitob orqali oʻtadi.
Yaqinda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Xosiyat Rustamovaning “Rangin koʻzyoshlar” deb nomlangan sheʼriy toʻplami Angliyada ingliz va oʻzbek tillarida chop etildi.
“Hertfordshire Press” nashriyoti tayyorlagan toʻplam taqdimoti Madridda boʻladigan “Open Eurasia and Central Asia Book Forum and Literature Festival-2020” 9-adabiy festivali doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgani aytilmoqda.
Kitobga taʼrif berilishicha, “Rangin koʻzyoshlar” lirik sheʼrlar va kundalikdagi qaydlardan iborat boʻlib, ularni umumiy leytmotiv – qalb ogʻrigʻi birlashtiradi. Toʻplamning har bir satri tashbehlarga burkangan, tabiat mavzusi esa butun kitob orqali oʻtadi. Shuningdek, yana bir taqrizda yozilishicha, Xosiyat Rustamovaning sheʼrlarida ayol sevgisining eng iztirobli, hayajonli tuygʻulari uygʻun tarzda yorqin ifodalangan.