Oʻrta Chirchiqda gazobeton ishlab chiqarilmoqda
Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanining “Adolat” mahalla fuqarolar yigʻinida “Toshkent gazobeton” MCHJ qurilishda foydalanish uchun gazobeton mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda.
Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanining “Adolat” mahalla fuqarolar yigʻinida “Toshkent gazobeton” MCHJ qurilishda foydalanish uchun gazobeton mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda.
Mazkur Oʻzbekiston – Xitoy qoʻshma korxonasida 50 kishi mehnat qilmoqda.
– Loyihani boshlaganimizdan soʻng mahsulotlarimizga talab orta boshladi, – deydi korxona bosh direktori Zhu Xiao Chuan. – Bu loyihaga 6 million 300 ming dollar miqdorida investitsiya mablagʻini sarfladik. Gazobeton ishlab chiqaruvchi maxsus texnikalar Xitoydan olib kelingan. Ish jarayonida toʻliq karantin qoidalari hisobga olingan. Korxonamiz hisobidan har kuni ishchilarga qoʻlqop va tibbiy niqoblar tarqatiladi. Shuningdek, 3 mahal issiq ovqat beriladi.
Ishlab chiqarilayotgan gazobeton pishiq gʻisht oʻrnini bosuvchi issiqlik va sovuqqa chidamli zamonaviy mahsulot hisoblanadi. Muhimi, mahsulotlar mahalliy homashyolardan ishlab chiqarilayotgan boʻlib, bugungi kunda ular Toshkent va Nurafshon shaharlaridagi qurilish obyektlariga joʻnatilyapti. Kelgusida qoʻshni davlatlarga eksport qilish rejalashtirilgan.