O‘n bir o‘yinda 8 ochko
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida mamlakat chempionatining birinchi liga final bahslari o‘tkazildi.
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida mamlakat chempionatining birinchi liga final bahslari o‘tkazildi.O‘n bir turdan iborat musobaqada Ulug‘bek Tillayev jami 8 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinni egalladi. Umidli shaxmatchi musobaqa davomida Odil Rahmon, Alisher Rustamov, Nodirbek Abdusattorov, Adham Eminov, Abdimalik Abdisalimov, Jamshid Shodiqulov, Nodirbek Yoqubboyev ustidan g‘alaba qozonib, Ibrohim Karimov va Bahodir Xolmirzayev bilan durang o‘ynadi.
Ettita g‘alaba va ikkita durang natija bilan 8 ochko to‘plagan yana bir shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra ikkinchi o‘rin, olti g‘alaba va uchta durang natija bilan 7,5 ochko jamg‘argan Javohir Sindorov uchinchi o‘rinni egalladi.