Nuroniylar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi o‘rinbosari R.Nurazizov Ellikqal’a tumanida bo‘lib, nuroniylar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Dastlab tumanda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanishi va bo‘limlardagi mavjud holatlar atroflicha o‘rganildi. Davolanayotgan bemorlar bilan muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Shuningdek, bolalar bo‘limida davolanayotgan kichkintoylarning holidan xabar olindi va ularga sovg‘alar topshirildi.

Shundan so‘ng, Jo‘qorg‘i Kengesi raisi o‘rinbosari tuman hokimligi majlislar zalida nuroniylar bilan uchrashib, yaqindan muloqot qildi.
Unda bugungi kunda yurtimizda Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, uchrashuv davomida tumanni kompleks rivojlantirish, ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalar, aholi bandligi va farovonligini oshirish, hayotiy muammolarga yechim topish masalalari muhokama qilindi.

Nuroniylar tomonidan bildirilgan har bir taklif va tashabbuslar belgilab olinib, ularni amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri