Nurislom va Lazizbek kamarga ega chiqdi
Toshkent shahridagi "Humo Arena" majmuasida o‘tayotgan professional boks oqshomi vakillarimiz uchun omadli o‘tmoqda.
Shohjahon Abdullayev va Gutram Ngoya (Tanzaniya) o‘rtasidagi jangda bokschimiz raqibini 1-raundda nokautga uchratdi va g‘alaba qozondi. Havaskor boksda Olimpiada va Jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan Lazizbek Mullajonov turnir doirasida Nigeriya vakili Monyasahu Muritador bilan bahs olib bordi va 3-raundda nokautga uchratdi hamda WBC CISBB kamarini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, yosh charm qo‘lqop ustamiz Nurislom Ismoilov Tanzaniya vakili Jozef Maigvisyaga qarshi jangda raqibini to‘rtinchi raundda nokautga uchratdi. Natijada Nurislom ikkinchi o‘rta vaznda WBC CISBB kamariga ega bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA