Noviski MBAda yubiley oʻyinini oʻtkazdi
“Dallas” klubi hujumchisi Dirk Noviski Milliy basketbol assotsiatsiyasining soʻnggi turida “Klippers”ga qarshi parketga tushdi.
“Dallas” klubi hujumchisi Dirk Noviski Milliy basketbol assotsiatsiyasining soʻnggi turida “Klippers”ga qarshi parketga tushdi. Eʼtiborli jihati shundaki, bu bahs germaniyalik basketbolchining MBAdagi yubiley 1 500-oʻyiniga aylandi.
40 yoshli nemis basketbolchisi bu marrani zabt etgan MBA tarixidagi toʻrtinchi sportchiga aylandi. Bungacha MBAda 1 500dan ortiq oʻyinda maydonga tushish atigi uch nafar basketbolchiga nasib etgan. Bular – Robert Perish (MBAda 1 611ta oʻyin oʻtkazgan), Karim Abdul-Jabbor (1 560ta oʻyin) hamda Jon Stokton (1 504ta oʻyin).
Ajab emaski, tez orada Noviski MBAda koʻp oʻyin oʻtkazish borasida yana bir pogʻona yuqorilasa. Buning uchun unga atigi beshta oʻyin kifoya qiladi.