Norvegiya futbol federatsiyasi FIFAga rasmiy xat yo‘lladi
Unga ko‘ra, FIFA prezidenti Janni Infantino o‘zi ta’sis etgan tinchlik mukofotini AQSh prezidenti Donald Trampga topshirish orqali tashkilot nizomini buzgan yoki buzmagan ekanini tekshirishni qat’iy talab qilgan.
Norvegiya futbol federatsiyasi FIFAning nizomni buzgan yoki buzmaganini tekshirishni talab qilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Norvegiya futbol federatsiyasi FIFA etika qo‘mitasiga rasmiy xat yo‘llagan. Unga ko‘ra, FIFA prezidenti Janni Infantino o‘zi ta’sis etgan tinchlik mukofotini AQSh prezidenti Donald Trampga topshirish orqali tashkilot nizomini buzgan yoki buzmagan ekanini tekshirishni qat’iy talab qilgan. Bu haqida Norvegiya matbuoti xabar bermoqda.
Norvegiyaliklar ushbu qarorga jiddiy qaramoqda. NFF 2025-yilning dekabr oyida etika qo‘mitasiga xuddi shunday da’vo bilan murojaat qilgan FairSquare inson huquqlari tashkilotining shikoyatini ham qo‘llab-quvvatlagan edi.
"Kecha xam yubordik. Biz etika qo‘mitasidan ishni ochiq ko‘rib chiqishni so‘raymiz. Shuningdek, biz ulardan shaffof bo‘lishni va agar ular ishni ko‘rib chiqmasa, nima uchun bunday bo‘lganini tushuntirib berishlarini so‘raymiz", - dedi NFF prezidenti Liza Klavaness.
Norvegiya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Fransiya, Senegal hamda Iroq bilan bahslarda ishtirok etadi.