Norinda mahalla ahli uchun zamonaviy xizmat markazi ishga tushirildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Norin tumanidagi Yangi Namangan mahalla fuqarolar yig‘inida «Mahalla axborot va xizmat markazi» foydalanishga topshirildi.
Zamonaviy markaz orqali hududdagi 8 ta mahallada istiqomat qiluvchi 27 ming nafardan ziyod aholiga 980 turdagi xizmat «Yagona darcha» tamoyili asosida mahallaning o‘zida ko‘rsatiladi.
Markazda zamonaviy kutubxona, yoshlar va aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi fitnes klubi, mahalla yettiligi uchun jihozlangan ish xonalari, ma’naviyat hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish xonalari tashkil etilgan.
[gallery-31196]
Amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari natijasida Yangi Namangan mahallasida aholi uchun xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy infratuzilma imkoniyatlari kengaytirildi.
Shuningdek, mahallada aholiga yana bir qulaylik yaratildi. Bu yerda zamonaviy fastfud shoxobchasi ham foydalanishga topshirildi. Shinam va qulay sharoitga ega mazkur shoxobcha aholi, ayniqsa, yoshlarga xizmat ko‘rsatish bilan birga, yangi ish o‘rinlari yaratish va xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirishga xizmat qiladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA