Norin tumanida pilla terimi boshlandi
Namangan viloyati Norin tumanida pilla qabul qilish mavsumi boshlandi.
Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov «Norin Agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurib, norinlik pillakorlarining ipak qurtini parvarishlashdagi yutuqlarini e’tirof etdi.
Dastlabki hosil taroziga qo‘yildi. Yuqori hosildorlikka erishgan pillakorlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Ta’kidlash joiz, joriy yilda tumanda 134 ta fermer xo‘jaligi bilan shartnoma tuzilgan bo‘lib, 3185 quti ipak qurti pillachilarga tayyor holda yetkazilgan. Shu asnoda 178 tonna ipak tolasi yetishtirib olinishi ko‘zda tutilgan.
[gallery-2369]
Kasanachilarning jismoniy shaxslarga hisoblanadigan daromad solig‘idan ozod qilinishi, shuningdek, pilla boquvchilar va kasanachilarning mavsum davrida yillik ish staji hisoblanishi katta imtiyoz bo‘ldi. Bu imtiyoz, albatta, pillachilikni rivojlantirishda muhim omil hisoblanib, ko‘zlangan natijalarga erishilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA