Noqonuniy tovarlar yo‘q qilindi
Yurtimiz hududiga noqonuniy olib kirilayotgan va tegishli hujjat hamda ruxsati bo‘lmagan mahsulotlarning yo‘q qilinishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudining tegishli qarorlariga ko‘ra, Turkiya davlatida ishlab chiqarilgan qiymati 120 million so‘mlik 23 ming 770 dona “Dog'adan” nomli choy mahsuloti va 5 million 359 ming so‘mlik 500 quti tamaki mahsuloti yo‘q qilinishi belgilangan edi.
Sudning qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi, byuroning Karmana tuman bo‘limi tomonidan viloyat davlat bojxona xizmati boshqarmasi va boshqa tegishli idoralar bilan hamkorlikda ushbu vositalar belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
A.Bo‘riyev, O‘zA