Noqonuniy egallangan yer maydonlari
Qashqadaryoda yil boshidan buyon qancha yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani ma’lum qilindi.
Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda 535 ta holatda 110,1 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani holati aniqlandi.
Bu haqda O‘zAga boshqarma axborot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlari tahlilga ko‘ra 453 ta holatda 105,8 gektar qishloq xo‘jaligi, 82 holatda 4,3 gektar yer maydoni noqishloq xo‘jaligi yerlaridir.
Ma’lum qilinishicha, mazkur noqonuniy egallangan yer maydonlari 423 ta holatda 71,2 gektari uy-joy qurish, 70 ta holatda 4,2 gektari noturar joy qurish uchun, 27 ta holatda 28,3 gektari tomorqa sifatida foydalanish uchun, 3ta holatda 1,4 gektari tuproq kar’er qurish uchun, 12 ta holatda 5 gektari boshqa maqsadlarda egallab olingan.
O‘lmas Barotov, O‘zA