Noqonuniy dalolatnoma bekor qilindi
Qiziltepa tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga 2020-yil 8-iyun kuni Qiziltepa tuman “Arabxona” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro V.Poʻlatov ishonch telefoniga murojaat qilgan edi.
Qiziltepa tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga 2020-yil 8-iyun kuni Qiziltepa tuman “Arabxona” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro V.Poʻlatov ishonch telefoniga murojaat qilgan edi.
Fuqaro xonadoniga Qiziltepa tumangaz filial xodimi kelib, xonadonidagi mavjud gaz jihozlarini oʻrganib, ortiqcha gaz priborlari aniqlaganligini sabab qilib, uning ishtirokisiz dalolatnoma rasmiylashtirgan va fuqaro 701 784 jarima qilganligidan norozi boʻlib murojaat qilgan.
Murojaatga asosan Qiziltepa tuman IXXQ jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi, V.Poʻlatov xonadonidagi gaz priborlari qayta koʻzdan kechirilib, dalolatnoma qayta rasmiylashtirildi va V.Poʻlatovga chiqarilgan 701 784 soʻm jarima 251 256 soʻmga tushirilib, qayta hisob-kitob qilindi.