Nomzodlar uchun o‘quv tashkil etildi
O‘zbekiston “Adolat” SDP Sirdaryo viloyat kengashi tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi munosabati bilan Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzodlar uchun siyosiy o‘quv bo‘lib o‘tdi.
O‘quv- seminarda deputatlikka nomzodlarning huquq va majburiyatlari, saylovoldi tashviqoti davrida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar, saylov to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik, saylovoldi tashviqotining turlari, shakllari va usullari yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodira Djanibekova tadbir ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, o‘quv- seminarda ishtirokchilariga “Teng imkoniyatlar va adolatli jamiyat sari “shiori bilan nomlangan saylovoldi dasturi, partiya dasturining qisqacha mazmun-mohiyati, tarkibiy tuzilishi va ilgari surilayotgan asosiy g‘oyalar to‘g‘risida ham batafsil tushunchalar berib o‘tildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri