Nogironligi bor fuqarolar holidan xabar olindi
FOTOREPORTAJ
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan hududda istiqomat qiluvchi nogironligi bor fuqarolar holidan xabar olindi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruv raisi o‘rinbosari Soqijon Karimov, viloyat boshqaruv raisi Baxtiyor Tursunov, tuman raisi Orifjon Orifjonov boshchiligidagi bir guruh faollar “Chimbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi nogironligi bor oilalar xonadonida bo‘lib, ularga oziq-ovqat, 1 million so‘mdan moddiy ko‘mak hamda kam ta’minlangan oilalarga 1 million so‘mdan pul mablag‘i topshirdi.
[gallery-4948]
Shu kuni “Beshkaram”, “Beshqavoq”, “Chimbuloq” mahalla fuqarolar yig‘iniga kompyuter jamlanmasi va zarur mebel to‘plami taqdim etildi.
Sana munosabati bilan viloyatning Oltinko‘l tumani “Madaniy-mehnat 2” mahallasidagi nogironligi bor hamda kam ta’minlangan oilalar holidan ham xabar olinib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA