Nodavlat bog‘chalar pedagoglari uchun seminar
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Termiz shahridagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun seminar tashkil etildi.
Tadbir nodavlat bog‘chalar faoliyati samaradorligini oshirish, ularga metodik yordam ko‘rsatish maqsadiga qaratilgan.
[gallery-22220]
Seminar avvalida ishtirokchilar oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida yaratilgan sharoitlar, bolani rivojlantiruvchi markazlar holati bilan tanishdi.
So‘ng mutaxassislar yig‘ilganlarga sohaga doir zarur ma’lumotlarni taqdim etdi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini namunali tashkil etish va bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berishda zarur vazifalar tushuntirildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA