Niqobsiz yurmang, javobgarlik bor
Fargʻona viloyatida jamoat joylarida niqobsiz yurgan fuqarolar maʼmuriy javobgarlikka tortilmoqda.
Fargʻona viloyatida jamoat joylarida niqobsiz yurgan fuqarolar maʼmuriy javobgarlikka tortilmoqda.Jumladan, 2020-yil 25-mart kuni Quvasoy shahar “Doʻstlik“ mahalla fuqarolar yigʻini hududida fuqaro Sh.A. tibbiy niqob taqmasdan yurganlik holati aniqlangan. Quvasoy shahar IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, fuqaro Sh.A. huquqbuzarlik faktini inkor qilganligi uchun toʻplangan materiallar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 245-moddasi 2-qismi tartibida koʻrib chiqish uchun Quvasoy shahar maʼmuriy sudiga yuborilgan.
Ishni sudda koʻrish davomida huquqbuzar Sh.Aning sodir qilgan huquqbuzarlik harakatlari sudda aniqlangan holatlar va ish materiallarida toʻplangan dalillar bilan oʻz tasdigʻini topdi. Sudning qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi (karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish) bilan huquqbuzarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida 223 ming soʻm jarima jazosi tayinlandi.
Sudda huquqbuzarning aybiga iqror va pushaymon boʻlgani, kelgusida bu kabi huquqbuzarliklarni sodir qilmasdan, karantin davrida belgilangan tartibga amal qilib, jamoat joylarida tibbiy niqobdan taqib yurishi haqidagi koʻrsatuvlari unga nisbatan jazo tayinlashda yengillashtiruvchi holat sifatida baholandi.