Nilufar Zokirova chorak finalga yo‘l oldi
Olimpiya o‘yinlarining kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 200 metr masofaga o‘tgan saralash bosqichida hamyurtimiz Nilufar Zokirova ishtirok etdi.
Nilufar Zokirova ushbu bahsda belgilangan masofani 48:98 natija bilan o‘z guruhida uchinchi bo‘lib bosib o‘tdi va chorak finalda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Sportchimiz agarda marraga birinchi yoki ikkinchi bo‘lib kelganida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yarim finalda qatnashar edi.
Endi u musobaqaning chorak finalida yarim final yo‘llanmasi uchun raqobatlashadi.
Mazkur bosqichdagi bellashuvlar, bugun mamlakatimiz vaqti bilan soat 15:40 dan so‘ng boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA