Nilufar Qudratovaning gollari shodasi
Futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan mamlakat chempionatining 11-tur doirasidagi “Sevinch” – “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda qarshiliklar raqiblari darvozasiga naqd 15 ta to‘p kiritishdi, shu gollarning deyarli yarmi Nilufar Qudratovaga tegishli bo‘ldi.
Futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan mamlakat chempionatining 11-tur doirasidagi “Sevinch” – “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda qarshiliklar raqiblari darvozasiga naqd 15 ta to‘p kiritishdi, shu gollarning deyarli yarmi Nilufar Qudratovaga tegishli bo‘ldi.
Mazkur turda kutilgan natijalar, lekin kutilmagan gollar soni kuzatildi. Qarshiliklarning bir o‘yinda 15 gol urganini aytdik, AGMK jamoasi ham navoiyliklar darvozasini o‘n bor nishonga olishdi, o‘zlarinikidan esa atigi bitta gol o‘tkazib yuborishdi. Aslida, mazkur jamoalarning kim tomoni g‘alaba qozonishi oldindan ma’lumdek edi, biroq gollar soni bu qadar yiriklashib ketishini birov bashorat qilishi qiyin edi.
Ushbu turda kutilmagan yagona natija Bekobodda qayd etildi. Binoyidek o‘yin ko‘rsatib kelayotgan, avvalgi ikki turda kuchli klublarga qarshi, buning ustiga safarda to‘p surishlariga qaramay muvaffaqiyat qozona olgan “Metallurg” o‘z maydonida “Bunyodkor”ga yengildi. O‘yin mehmonlarning to‘la ustunligida o‘tdi. Shu kuni mezbonlarning o‘yini umuman qovushmadi. Na hujumda va na himoyada bekobodliklar mazmunli bahs namoyish etib bera olmadilar. Buning sabablari sifatida jamoaning yetakchi, tajribali o‘yinchilari Maxliyo Sariqova, Zumrad Nazarova va Kamola Risqiyevaning jamoani tark etishini keltirish mumkin. Ularning Bekoboddan ketish sabablari esa oshkor etilmayapti.
O‘z maydonida ketma-ket mag‘lubiyatga uchragan “So‘g‘diyona” esa safarda “Neftchi” ustidan ustun keldi...
11-turda qayd etilgan natijalar:
“MЕTALLURG” – “BUNYODKOR” 0:1
Gol: Tojiniso Rashidova (45+1).
“NЕFTCHI” – “SO‘G‘DIYONA” 1:3
Gollar: Umida Umarova (11) - Albina Boboqulova (17), Sitora Taqaboyeva (29), Lutfiniso Hamidova (85).
“NAVBAHOR” – “LOKOMOTIV” 2:1
Gollar: Zuhra Abdurahimova (47, 67) - Sitora Muqumova (50).
“SЕVINCH” – “QO‘QON-1912” 15:0
Gollar: Nilufar Qudratova (4, 19, 21, 32, 74, 85, 88 ), Shaxnoza Qurbonova (17, 24), Gulzoda Amirova (30, 38, 69, 78), Maftuna Shoyimova (52, 61).
“SHO‘RTAN” – “ANDIJANKA” 3:0
Gollar: Shoira Qulto‘rayeva (6), Zebo Jo‘rayeva (33, 57).
AGMK – “QIZILQUM-GULI” 10:1
Gollar: Darina Fedosenko (12), Madina Yusupova (17), Dinora Turg‘unova (29), Komila Zaripova (34, 39, 52, 54), Arina Smirnova (42), Gulchehra Eshmamatova (64, 72) - Zuxra Shamsiyeva (11).
“PAXTAKOR” – “BUXORO” 4:1
Gollar: Gulruhbegim Xo‘jayeva (4), O‘rinoy Nasibullayeva (6,39), Kamola Erkinova (81) - Nigina Xaydarova, 71 (3:1).
11-turdan keyingi vaziyat:
1. “Sevinch” 9 8 1 0 57-2 25
2. “Bunyodkor” 9 8 0 1 33-5 24
3. “Sho‘rtan” 9 8 0 1 33-5 24
4. “Metallurg” 9 6 1 1 30-7 19
5. “AGMK” 10 6 0 4 33-13 18
6. “So‘g‘diyona” 10 6 0 4 24-14 18
7. "Andijanka" 10 5 1 4 15-16 16
8. “Paxtakor” 10 4 0 6 15-34 12
9. “Navbahor” 10 3 2 5 11-20 11
10.”Lokomotiv" 10 3 0 7 13-26 9
11.”Neftchi" 10 3 0 7 8-37 9
12.”Buxoro" 9 2 0 7 11-24 6
13.”Qizilqum" 9 1 1 7 7-36 4
14.”Qo‘qon-1912" 10 1 0 9 5-56 3
To‘purarlar: Nilufar Qudratova (“Sevinch”) - 28, Gulzoda Amirova (“Sevinch”), Komila Zaripova (AGMK) - 14 tadan