Nikoh shartnomasi – mulk huquqi kafolati
Nukusda “Yuksalish” umummilliy harakati, O‘zbekiston Notarial palatasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Nikoh shartnomasi – mulk huquqi kafolati” mavzusida aksiya bo‘lib o‘tdi.
Aksiya davomida malakali notariuslar tomonidan yoshlarga nikoh shartnomasining mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha tushunchalar, mulkiy va nomulkiy huquq hamda majburiyatlari, notarial hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida bepul huquqiy maslahat berildi.
[gallery-8400]
Tadbirda mavzu yuzasidan turli targ‘ibot materiallari taqdim etildi. Nikoh shartnomasi tuzish to‘g‘risida slayd, video-rolik ko‘rinishidagi ma’lumotlar namoyish etildi.
Aksiya ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA