Nikoh guvohnomasini hokimning qo‘lidan olishadi (+video)
Qo‘qon shahrida 2024 yilda avvalgi yillarga nisbatan ajralishlarning soni kamaydi. Ammo ajralishning bittasi ham oila, xonadon uchun fojea. Ayniqsa, orada norasida farzandlar bo‘lsa.
Ajralishlarning oldini olish yuzasidan Qo‘qon shahar hokimligi o‘ziga xos yo‘l tuta boshladi. Shaharda muntazam ishlaydigan yosh kelin-kuyovlar uchun o‘quv kursi tashkil etildi. Ularga oila qonunchiligi va hayotiy urf-odatlardan saboq berilmoqda.
– Yosh kelin-kuyovlar tayyorlov kursi ochilganidan hursand bo‘ldim. Psixolog, huquqshunos, otinoyilar yoshlarga oila qurish haqida dunyoviy va diniy bilim berishibdi. Bu turmush qiyinchiliklarini yengib o‘tishda kuch bo‘ladi, deb o‘ylayman, – deydi mahalla faoli Gulchehra Aripova. – Shunday o‘quv tashkil qilganlarga rahmat.

Yana bir yangilik shundaki, endi nikoh qayd etilgach, guvohnomalarni shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov shaxsan topshiryapti.
Shunday marosimlarning birida jamoatchilik vakillari, quda-andalar ham ishtirok etishdi. Hokim yoshlarga oilaning ijtimoiy asoslari, er-xotin majburiyatlari, milliy qadriyatlar haqida gapirib, otalarcha nasihat qildi.
Shundan so‘ng nikoh guvohnomalari topshirildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/UhIDbJwnORQ" title="Nikoh guvohnomasini hokimning qoʻlidan olishadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat), O‘zA