Nigeriyada 4 mingdan ziyod mahkum ozod etildi
Nigeriya hukumati jarima to‘lamagani uchun qamoqda o‘tirgan 4 mingdan ziyod mahbusni ozodlikka chiqardi, deb bayonot berdi mamlakat ichki ishlar vaziri Olubunmi Tunji-Ojo.
“Kecha mamlakatimiz bo‘yicha 253 axloq tuzatish muassasasida jarima to‘lamagani uchun qamoqda saqlanayotgan 80,804 mahkumdan 4068 nafarini ozod qildik”, - deb yozgan vazir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ta’kidlanishicha, ushbu qaror mamlakat Prezidenti Boli Tinubuning jazoni o‘tash tizimida ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan bog‘liq chora-tadbirlar nazarda tutilgan dasturni amalga oshirishga qaratilgan.