Nigerda fransuzlarga qarshi namoyish davom etmoqda
Yuzlab Niger fuqarolari mamlakatda fransuz askarlari mavjudligiga qarshi namoyishga chiqdi. O‘tgan hafta boshidan buyon poytaxt Niameydagi Fransiya harbiy bazasi oldida fransuz askarlari mamlakatni tark etishi talabi ilgari surilgan aksiya davom etmoqda.
“Al-Rai Al-Youm” mahalliy gazetasi sayti norozilikning oltinchi kuni nigerliklar o‘z munosabatini voqea joyida chodir o‘rnatib, joylashib olish orqali bildirishga qaror qilganliklarini namoyish qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 5 hafta oldin Niger harbiylari Prezident Muhammad Bazumni lavozimidan chetlatib, harbiy hukumat tuzgan, shundan so‘ng ular fransuz harbiylari mamlakatdan chiqib ketishini talab qilgan.
Niger fuqarolari yangi hukumatning bu talabini qo‘llab-quvvatladi.
Bazum hokimiyatdan chetlatilgach, Parij Nigerni boshqaradigan harbiy kengashni tan olmadi, Fransiya elchisi va harbiylarini mamlakatdan olib chiqib ketish talabiga e’tibor bermadi.
Fransiya hukumatining bu pozitsiyasi Niger xalqi g‘azabini oshirdi. Natijada Fransiya harbiy bazasi oldida to‘planayotganlar soni kundan-kun ortmoqda.
O‘zA