Netanyaxuning maqsadi XAMASni yo‘q qilish (+video)
Isroil o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini rad etib, Rafahda operatsiya boshlagani xalqaro yetakchilarda ham xavotir uyg‘otmoqda. Isroil hujumdan so‘ng o‘z pozitsiyasini ochiqchasiga ma’lum qildi. Ya’ni kelishuv doirasidagi masalalar Isroil manfaatlari uchun yetarli emas.
“Al-Jazeera” ushbu voqealar yuzasidan tahlilchilar fikri bilan qiziqib muammo nimada ekanligiga atroflicha to‘xtaldi.
Ekspertlarga ko‘ra, Isroil doimiy sulhni hech qachon istamaydi va G‘azo bo‘ylab halokatli urush davom etadi. Xalqaro inqiroz guruhining Isroil-Falastin bo‘yicha katta tahlilchisi fikricha, Isroil G‘azodagi hujumlarni davom ettirish huquqini o‘zida saqlab qolmoqchi. O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish oxir-oqibat sulhga olib keladi, Tel-Avivga esa hozir bunday kelishuv kerak emas.
Shuningdek, Yahudiy davlatining asosiy maqsadlaridan biri XAMAS guruhini batamom yo‘q qilishdan iborat. Ikkinchi tomon XAMASni G‘azoga qurol olib kirganlikda ayblab keladi.
Tahlilchilar aytishicha, isroillik asirlar ozod qilinganidan keyin ham otashkesimga rozi bo‘lmaydi. Chunki ular G‘azoni yo‘q qilishni ko‘zlagan.
Mart oyida Isroil Demokratiya Instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, Netanyaxu oldida turgan jumboq shundaki, u Isroil xalqiga XAMASni yo‘q qilishga va’da bergan va ko‘pchilik aholi Rafahga bostirib kirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Ammo AQSH G‘azoga qarshi urush davomida Isroilni qo‘llab-quvvatlaganiga qaramay, keng ko‘lamli bosqinni oqlamasligini ma’lum qildi.
Hokimiyatda qolish istagi
- Netanyaxuning siyosiy faoliyati ham G‘azodagi urushni davom ettirishga bog‘liq,- deydi tahlilchilar. Ularning tushuntirishicha, doimiy otashkesim uning o‘ta o‘ng koalitsiyasining parchalanishi, muddatidan oldin saylov o‘tkazilishi va hokimiyatdan chetlatilishiga olib kelishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, Isroilning o‘ta o‘ngchi milliy xavfsizlik vaziri Ben Gvir va moliya vaziri Bezalel Smotrich agar Isroil asirlik shartnomasi va o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lsa, Netanyaxu koalitsiyasini tarqatib yuborish bilan tahdid qilgan.
Shunday qilib, Netanyaxu hokimiyatda qolishi uchun urush davom etishi kerak.
May oyida AQSH prezidenti Jo Bayden Netanyaxuni Rafahga bostirib kirishdan ogohlantirgan va bunday harakat qizil chiziq bo‘lishini aytgan edi. O‘tgan haftada Qo‘shma Shtatlar Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatish haqida ma’lumot berdi. Yuqori martabali rasmiylarga ko‘ra, mart oyida AQSH Isroil tomoni Rafahda foydalanishi mumkin bo‘lgan qurollar ro‘yxatini o‘rganib chiqqan.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/NKpnGYrrdGg?si=0Fta2mIMhBg3ZmfR" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sardorbek Poyonov, Yoqubjon Meliboyev, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA