Nega “Sport-Ekspress” gazetasining sobiq rahbari Ivan Rubin oʻzini 16-qavatdan pastga tashladi?
Rossiyaning “Sport-Ekspress” gazetasi sobiq rahbari Ivan Rubin oʻz hayotiga oʻzi nuqta qoʻydi.
Rossiyaning “Sport-Ekspress” gazetasi sobiq rahbari Ivan Rubin oʻz hayotiga oʻzi nuqta qoʻydi.
67 yoshli Ivan Rubinning jasadi Moskva shahridagi “Kuz” bulvaridan topilgan. Maʼlumotlarga qaraganda, Ivan Rubin 16-qavatdan pastga qulagan.
“Mash” telegram kanalining yozishicha, biznesmen oʻz joniga qasd qilishiga sababchi boʻlgan shaxsning ismini yozib qoldirgan.
“Men Tyurenkov Vladimir Aleksandrovichdan 70 ming 860 yevro qarzdorligim sabab, oʻzimni oʻldirishga ahd qildim. Vladimir Tyurenkov agarda qarzingni zudlik bilan toʻlamasang, oyogʻing va barmoqlaringni sindiraman, deb tahdid qildi”, deya yozgan I.Rubin oʻlimi oldidan.