Nazm dorulfununining buyuk shoiri
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab Qarshi shahrida shoir nomidagi maktab-internatida "Nazm dorulfununining buyuk shoiri" mavzusida xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida xiyobonda "Milliy an’ana va qadriyatlar tarannumi" nomli bayram sayli tashkil etilib, unda milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari, xalq o‘yinlari, qizlarning ko‘klam aytishuvlari va mushoiralar, yosh rassomlarning A.Oripov siymosini gavdalantirish tanlovi, shoir she’rlariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi.
Shuningdek, kechada ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan yaratilgan "Abdulla Oripovni birga o‘rganamiz" elektron dasturi va Akmal Saidov, Qalandar Abdurahmonov va G‘ulom Mirzoning "O‘zbekiston – dilbar Vatanim" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
[gallery-1658]
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA