Nazariy bilimlar amaliyot bilan mustahkamlanmoqda
Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi 1-kasb-hunar maktabida avtomobillarga servis xizmati ko‘rsatish, tikuvchilik, payvandchilik, elektr montaj, oshpaz-qandolatchilik yo‘nalishida 245 nafar o‘g‘il-qiz kasb-hunar o‘rganmoqda.
Bu yerda yoshlarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘un tarzda olib borishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu maqsadida kasb-hunar maktabi moddiy-texnika bazasini mustahkamlanib, ish beruvchilar bilan tizimli tadbirlar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinmoqda.
[gallery-2321]
– Rishton usta kulollar yurti, — deydi kasb-hunar maktabi direktori Sobirjon Madaminov. – Uning dovrug‘i olamga doston. Endilikda hunarmandchilik yo‘nalishida ham malakali mutaxassislar tayyorlab, milliy an’analar bardavomligini ta’minlashga hissa qo‘shmoqchimiz. Bu sohada bilim va malaka olish istagidagi yoshlar ko‘p.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA