Navoiyxonlik tadbirlari davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan shahridagi viloyat musiqali drama teatrida buyuk alloma Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni taniqli shoir va jamoat arbobi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyati bo‘limi raisi Ziyoviddin Mansurov kirish so‘zi bilan ochib, shoirning sermazmun hayoti va boy ijodiy merosi haqida so‘z yuritdi.
[gallery-10524]
Viloyat yozuvchilar uyushmasi a’zolari Alisher Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qidi. Shuningdek, oliy o‘quv yurtlari talabalari tomonidan shoir g‘azallarining xorijiy tillardagi talqini barchaga manzur bo‘ldi. Navoiy siymosi aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari, mumtoz kuy-qo‘shiqlar davraga yanada fayz kiritdi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA