Navoiyda yangi korxona
Navoiy shahrida polietilen idish va plastmassa mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Navoiy invest plast” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi.
Navoiy shahrida polietilen idish va plastmassa mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Navoiy invest plast” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi.
Prezidentimiz rahnamoligida iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini o‘zlashtirish, import o‘rnini bosadigan sifatli mahsulotlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 7-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.
– “Hamkorbank”dan olingan 92,5 ming AQSh dollari miqdoridagi kredit evaziga polietilen va plastmassa idishlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik, – deydi “Navoiy invest plast” rahbari G‘ayrat Shodiyev. – Ayni paytda keng foydalaniladigan 19 turdagi idishlar ishlab chiqarmoqdamiz. Yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirish bo‘yicha izlanishlar olib borilayotir.