Navoiyda lift ishlab chiqarilmoqda
Bugun tadbirkorlarimiz tomonidan yangi loyihalar, xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilib, yurtimiz iqtisodiyoti va xalq farovonligi yuksalishiga xizmat qilmoqda.
Bugun tadbirkorlarimiz tomonidan yangi loyihalar, xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilib, yurtimiz iqtisodiyoti va xalq farovonligi yuksalishiga xizmat qilmoqda. Bu, albatta, mamlakatimizda tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasidir.
Navoiy erkin iqtisodiy zonasida tashkil etilgan “Golden Lift” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoʻshma korxonasi ham ana shunday korxonalardan biridir. Joʻraboy Jiyanov tomonidan Xitoy bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur korxona 2018-yil 6-noyabrda tashkil etilgan boʻlib, odam va yuk tashuvchi lift uskunalarini ishlab chiqarish, yetkazib berish va oʻrnatish faoliyati bilan shugʻullanadi.
Loyiha qiymati 1 991 563 AQSH dollarini tashkil etgan “Golden Lift” MCHJ QK yiliga odam tashuvchi 1000 dona hamda yuk tashuvchi 500 dona lift ishlab chiqarish quvvatiga ega. 2019-yilda 1 158,8 million soʻm, 2020-yilning oʻtgan davri mobaynida esa 2 459,8 million soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Ayni paytda korxonada 40 ta ish oʻrni yaratilgan.
– “Golden lift” Oʻzbekistonda zamonaviy texnologiyalar asosida eng sifatli va ishonchli liftlarni ishlab chiqaruvchi korxona boʻlib, respublikamiz boʻylab koʻp qavatli aholi turar joy binolari va ijtimoiy obyektlar uchun ham jahon andozalari darajasidagi lift hamda lift uskunalarini yetkazib berish, oʻrnatish faoliyatini uzviy amalga oshirib kelmoqda, – dedi qoʻshma korxona bosh direktori Joʻraboy Jiyanov.
– Zavod aynan Navoiy viloyati erkin iqtisodiy zonasida joylashgani sababli turli afzalliklarga ega boʻlib, hamkorlar uchun yoʻlovchi, kasalxona, yuk tashish, garaj liftlari, eskalatorlar, poʻlat eshiklarning keng turdagi assortimentlari ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek, hozirda kompaniya nafaqat Oʻzbekiston, balki Rossiya hamda MDH davlatlarida ham koʻplab qurilish sohasining yetakchilari bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.
Shuningdek, hozirda kompaniya nafaqat Oʻzbekiston, balki Rossiya hamda MDH davlatlarida ham koʻplab qurilish sohasining yetakchilari bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.