Navoiyda ham emlash jarayonlari boshlandi
Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Navoiy viloyatida ham Covid-19ga qarshi emlash tadbirlari olib borilmoqda.
Navoiy shahridagi 15 ta emlash punktida birinchi navbatda 65 yoshdan kattalar va tibbiyot xodimlari emlanayapti. Kecha 254 nafar fuqaro emlandi.
Viloyatga Hindistonda ishlab chiqarilgan vaksinadan 19 ming doza, O‘zbekiston-Xitoy hammuallifligida Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinadan esa 19 600 doza keltirilgan bo‘lib, ayni ushbu vaksinalar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining vaksinalarni saqlash omborxonasida saqlanmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda 45 ming nafardan ortiq 65 yoshdan kattalar hamda 18 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimlari bor.
Viloyatda emlash ishlari davom etmoqda.
[gallery-1863]
Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov, (foto), O‘zA