Navoiy asarlarida zamondoshlari timsoli
Farruxbek OLIMOV filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori, doktorant O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommanikatsiyalar universiteti Toshkent, O‘zbekiston farolimbek@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada XV asr adabiy muhitida ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy nazariga tushgan ijodkorlar faoliyati, shuningdek, ularga ulug‘ qalam sohibining munosabati haqida so‘z boradi. Navoiy o‘z asarlarida qaysi zamondoshlarini tilga olgani, ularni qanday baholagani tadqiq qilinadi.
Tayanch so‘zlar: XV asr adabiy muhiti, Navoiy zamondoshlari, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot, tazkira, manoqib-holot.