“Navbahor” – “Nasaf”: kuchli raqiblar bahsi
O‘zbekiston milliy chempionatining doimiy ishtirokchilaridan biri – “Navbahor” jamoasi 2022 yilgi mamlakat superligasi 1-tur uchrashuvida Qarshining “Nasaf” klubi bilan kuch sinashdi.
Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda kechgan o‘yinni tomosha qilish uchun 20 mingga yaqin muxlis jam bo‘ldi. Qolaversa, mazkur bahsni O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets boshchiligidagi milliy terma jamoa murabbiylar shtabi a’zolari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi vakillari ham kuzatib bordi.
Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi raisi Shavkat Abdurazzoqov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining o‘rinbosari Odil Ahmedov so‘zga chiqib, barchani yangi futbol mavsumi bilan tabriklab, ezgu tilaklarini yo‘lladi. Davlatimiz madhiyasi yangrab, Namanganda XXXI-mamlakat milliy chempionatining superliga bahsiga start berildi.
Maydon egalari bilan birga qarshilik futbolchilar ham “Navbahor” darvozasi oldida kutilmagan “hamla”lar qilib turdi.
Uchrashuvning 2-bo‘limiga kelib, maydonda shiddat va jangovorlik susaygandek bo‘ldi.
Shu tariqa, uchrashuvda hisob ochilmadi va tomonlar nursiz durang natijaga (0:0) imzo chekdi.
So‘ng matbuot anjumani tashkil etildi.
Eslatib o‘tamiz, Namanganning “Navbahor” jamoasi superliganing 2-turini 10 mart kuni Termiz shahrida mahalliy “Surxon” klubiga qarshi o‘tkazadi.
[gallery-5986]
Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA