Naslchilik ishlari – mahsuldorlik omili
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi “I. Ikrom ota” fermer xo‘jaligida ayni paytda 317 bosh qoramol parvarishlanmoqda. Istiqbolli biznes-rejaga ko‘ra, yaqin kelajakda qoramollar sonini 1,5 ming boshga yetkazish rejalashtirilgan.
- O‘tgan yili va joriy yil boshida Jahon bankining 320 ming dollar krediti evaziga Avstriyadan 160 bosh naslli qoramol olib keldik, - deydi fermer xo‘jaligi rahbari Anvarjon Ismoilov. – Kuniga har bir sog‘in sigirdan 35-50 litrgacha sut sog‘ib olib, bir kunda sutni qayta ishlash korxonasiga 1600-1700 litr mahsulot topshiramiz.
Yaqinda 300 bosh buzoq parvarish qilishga mo‘ljallangan zamonaviy kompleks qurib bitkazildi. Shuningdek, bu yerda naslchilik ishlarini yo‘lga qo‘yish va sutni qayta ishlash korxonasini ochish ko‘zda tutilgan.
[gallery-11091]
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA